Yengil vazn toifasidagi UFC jangchisi Aleks Volkanovski Islom Maxachevdan uchralgan mag’lubiyati haqida gapirdi.
Manchester shahrida tashkil etilgan anjumanda bir muxlis Volkanovskiga 2023-yil oktyabr oyida Islom Maxachevga yutqazganini eslatdi.
“Aleksga savolim bor. Islom Maxachevning xay-kik zarbasidan so’ng o’zingni qanday his qilding?”
“Haha (kuladi), bu juda yaxshi zarba edi. Lekin to’xtang, qanday xay-kik haqida gapiryapsiz? Nima bo’lganini eslolmayman. Boshimga tekkanmidi?”,- deb javob berdi Aleks Volkanovski.
Ma’lumot uchun, Islom Maxachev va Aleks Volkanovski o’zaro ikki bor to’qnash kelishgan. Har ikki jangda ham Maxachevning qo’li baland kelgan.