“Katta dubulg’a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 22 karra chempioni Rafael Nadal US Open-2024 turnirida ishtirok etadimi yoki yo’q, shu haqida fikr bildirdi.
“Yo’q shekili, lekin tez orada sizga xabarni beraman. Hozir aniq javobim yo’q, bunga vaqt kerak. Lekin men uchun bu qiyinroq ko’rinadi”, – deydi Rafael Nadal.
Ma’lumot uchun, US Open turniri 26-avgust kuni start oladi.
