Jahon birinchiligida 20 yoshgacha oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida, shu bilan birga 9 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari blits va rapid yoʻnalishida kuch sinashishadi.
Turnirda ishtirok etish uchun, Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Ispaniya, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Rossiya, BAA, AQSh kabi 16 davlat o’zining eng yosh va umidli vakillarini musobaqaga yuborishgan.
Turnirning dastlabki 3 kuni rapid yo’nalishiga bag’ishlanadi. 6-7-avgust kunlari blits yo’nalishida g’oliblar nomi aniqlanadi.
Mezbon davlat vakili sifatida yurtimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilib kelayotgan umidli sportchilarimiz Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Bekmuratov, Almaz Raxmatullayev, Asrorjon Omonov; qizlar orasida esa Afruza Xamdamova, Guldonoa Karimova, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Ozoda Shahzodova, Gulxumor Najmiddinova, Mohizoda Muxsinovalar dona surishadi.
Ular orasida 14 yoshida shaxmat bo’yicha jahon chempionligini qo’lga kiritgan Afruza Xamdamovani alohida ta’kidlash lozim.
Qayd etish kerakki, ushbu ikki nufuzli musobaqaga 20,000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ajratilgan. Musobaqadan ko’zlangan asosiy maqsad, 2026-yil yurtimiz mezbonligida bo’lib o’tadigan “Butunjahon shaxmat olimpiadasi”ga tayyorgarlik ko’rish, yosh shaxmatchilarni bu kabi yirik musobaqalarga ruhan tayyorlash imkonini beradi.
O’smir shaxmatchilarimiz uchun esa ushbu dunyo birinchiligi haqiqiy raqobat va mahorat maydoni bo’lib xizmat qiladi.