Joriy mavsum so’nggida Madridning “Real” klubini birdaniga bir nechta futbolchi tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ketadiganlar ro’yxatining birinchi qatoridan Lukas Vaskes o’rin olgan. “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning ehtimoliy transferidan so’ng Vaskesga jamoada joy qolmaydi.
Shuningdek, himoyachi David Alaba va yarim himoyachi Luka Modrich ham “Qirollik klubi”ni tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Real” La Liga doirasidagi o’zining navbatdagi o’yinini ertaga, 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da “Alaves”ga qarshi o’tkazadi.