Parijdan yana bir xushxabar. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi.
Murosasiz ruhda oʻtgan final jangida yurtdoshimiz meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar ayni paytga kelib 4 ta oltin va 3 ta bronzani tashkil qilmoqda.